Deputat mahalla faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 10-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat Kamolov Abrorjon Abduxakimovich Suluvqurg‘on mahallasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, masalalar deputat nazoratiga olindi.