#deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni turli jinoyat va zararli illatlardan asrash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, deputat tomonidan yoshlarni qiynayotgan dolzarb muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
📱 Telegram (https://t.me/TV_Kengash) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/toshkent_viloyati_kengashi) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61577107284073&locale=ru_RU)