Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati M.Miryunusov, kotibiyat mudiri O.Toirov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Ashirmatov va G.Aripovalar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-989-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Unda tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori N.Axmedov tomonidan aholiga psixologik yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama yakunida mazkur yo‘nalishda ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholiga sifatli psixologik xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Qonun ijrosini ta’minlash — ustuvor vazifa!
Masala ... doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirildi