Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
янв.21
Elektrotexnika korxonalari o‘tgan yili 27 milliard so‘mlik imtiyozdan foydalanib, eksportni 83 million dollarga, budjetga tushumni 46 milliard so‘mga oshirgan. Ular o‘zimizda bo‘lmagan alyumin katankani import boji bo‘yicha imtiyoz muddatini uzaytirishni so‘ragan.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Infinity Copper Group” mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8940)
Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi

#sessiya #poytaxtdeputatlari 

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi 23-aprel, soat 10:00 da (https://kengash.gov.uz/doc/270478) bo‘lib o‘tadi.

🏛 Toshkent shahar Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan; (https://kengash.gov.uz/doc/270478)

oshkent shahridagi Xalq qabulxonasining 2026-yil I-chorak davomida hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axborotini eshitish haqida;

🔺 2026-yil I-chorak davomida Toshkent shahrida jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Toshkent shahar prokurori hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh

boshqarmasi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha 2026-yil I-chorak davomida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;

🔺 “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali yuborilgan xabarlar hamda ularning ko‘rib chiqilishi holati to‘g‘risida 2026-yil I-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida;

🔺 Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;

🔺 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida iqlim o‘zgarishining oldini olish, atmosfera havosini muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini eshitish hamda suv xo‘jaligi obektlaridan foydalanish va suv resurslari bilan ta’minlashdagi muammolarni o‘rganish natijalarini muhokama qilish to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida olib borilayotgan Qurilish ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida;

🔺 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2025-yil yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlari va talabalar turar joyidagi muammolar, yashash sharoitlari, ta’lim muassasasidagi noxush hodisalarni oldini olish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish

yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil I-chorak davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti haqida;

🔺 Toshkent shahrida 2026-yilda mahallalar infratuzulmasini yaxshilash orqali xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shart sharoitlar yaratish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi loyihalar uchun Respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi to‘g‘risida;

🔺 Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;gi va boshqa masalalar

bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari deputatlar tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

 (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)