Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 27-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi 27-yanvar, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“PARKENT TONGI” (https://t.me/parkent_tongi/26252) GAZETASINING 2026-YIL 22-YANVAR SONIDA:
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda. 

  DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR: 

1).Huquqiy axborotni tarqatish va undan
foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-443.
 

2). Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-699.
 

3). «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish haqida


O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, №O‘RQ-350.
 

  DEPUTAT HAQIDA MA’LUMOTLAR

11-Ko‘tarma 

saylov okrugi deputati 

  

SAIDOV ULUG‘BEK ARIPOVICH

Xalq
deputatlari Chilonzor tumani Kengashi.
 

O‘zLiDeP 

TAQSIMOTDAN MAQSAD:

Kengash
faoliyati samaradorligini mustahkamlash
 

 Qonunchilik normalarini mukammal o‘rganish 

 Ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashni
ta’minlash.
 

MAS’UL:

Murotova
lola Ne'matjon qizi-
 

Xalq
deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati mudiri.
  

Slide 1 of 1