Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 27-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
❗️Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 27-sessiyasi 27-yanvar, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“PARKENT TONGI” (https://t.me/parkent_tongi/26252) GAZETASINING 2026-YIL 22-YANVAR SONIDA:
Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!

Kelajagimiz egalarining huquqlari — qonun himoyasida!

Bugun 96-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kengash raisi S. Qodirov so‘zga chiqib, yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (https://lex.uz/mact/-1297315) haqida batafsil ma’lumot berdi.

Seminarda quyidagi asosiy masalalar tushuntirildi:

Bolalarning huquqiy maqomi va davlat tomonidan beriladigan kafolatlar;

Ta’lim olish va shaxsiy daxlsizlik huquqi;

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminarda bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar.

🎯 Maqsad: Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari bilan tanishtirish.

DEPUTAT_FAOLIYATI (https://t.me/kitob_tuman_Kengashi)

Slide 1 of 4