Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enco Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8938)
янв.21
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Infinity Copper Group” mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8940)
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdisalom Javliyevich, Kengash kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Xurramov Lazizlar tomonidan

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdisalom Javliyevich, Kengash kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Xurramov Lazizlar tomonidan hududdagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 120 o‘rinli bo‘lib, 4 ta guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, guruhlarning tozalik va jihozlanish holati, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda pedagogik xodimlarning faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tashkilot metodisti Ashurova Muazzam bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi hamda metodik ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Nazorat tadbir davomida bolalarning ovqatlanish ratsionlari ham o‘rganilib, ularning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta’minlanish holati ko‘rib 

Slide 1 of 1