Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
янв.21
Elektrotexnika korxonalari o‘tgan yili 27 milliard so‘mlik imtiyozdan foydalanib, eksportni 83 million dollarga, budjetga tushumni 46 milliard so‘mga oshirgan. Ular o‘zimizda bo‘lmagan alyumin katankani import boji bo‘yicha imtiyoz muddatini uzaytirishni so‘ragan.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Infinity Copper Group” mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8940)
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi

 📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi 12-dekabr kuni soat 15:00 da tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi  

 ️ Bu haqda xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi raisi S.Astonovning bugun, 5-dekabrad qabul qilgan " Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi. 

 Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi: 

 - “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi hamda ekologik nazoratni amalga oshirilishi bo‘yicha Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bulung‘ur tuman bo‘limi boshlig‘i J.Nasimovning hisoboti. 

 - Tumanda jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi sohasida olib borilgan ishlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitar qoidalarga amal qilinishi holati to‘g‘risida Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Bulung‘ur tuman bo‘limi boshlig‘i I.Samanovning hisoboti. 

 - Tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechim topish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar faoliyati bilan bog‘liq boshqa sohalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Bohodirovning hisoboti. 

 - Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.  

 - Bulung‘ur tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

 - Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanganlik to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi o‘rinbosari T.Uljayevning hisoboti. 

 - Bulung‘ur tumanidagi bo‘lim va tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni va shu sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi bajarilishi to‘g‘risida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi G‘.Shamanovning axboroti. 


Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi 

Slide 1 of 1