Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enco Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8938)
янв.21
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Infinity Copper Group” mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8940)
Deputat va yoshlar

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati J.Dushabayev tashabbusi bilan Bekobod shahar 1-son texnikumida yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida "Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat tomonidan yoshlarning bugungi kundagi dolzarb masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borilib, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-sonli qonunning mazmun va mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan qiziqtirgan savollar va takliflar tinglandi, siyosiy tadbirlar haqida aytib o‘tildi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama
qilindi. Bunday uchrashuvlar yoshlarga o‘z fikrlarini ochiq bildirish va o‘z salohiyatlarini yuzaga chiqarish uchun muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi.  

Slide 1 of 3