Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enco Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8938)
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Infinity Copper Group” mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8940)
Bugun Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining VII-chaqiriq 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

  Sessiya kun tartibida : O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi hamda “Adolat” SDP dan tuman Kengashi deputatligiga saylangan deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan Jalaquduq tumani aholisi o‘rtasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibga solish hamda bu borada ijtimoiy adolat, milliy qadriyat va qonuniylik tamoyillarini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida, O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi hamda O‘zbekiston “Adolat” SDPdan tuman Kengashi deputatligiga saylangan deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi “2025-2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186 sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan Jalaquduq tuman tibbiyot birlashmasi rahbari U.Umarovning hisoboti to‘g‘risida , O‘zbekiston “Ekologik” partiyasi tuman Kengashi deputatlik guruhi ish rejasiga muvofiq “Andijon suvta’minoti” AJ Jalaquduq tuman bo‘limi rahbari
Q.Turg‘unovning
bo‘lim tomonidan 2025 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan hisoboti to‘g‘risida va boshqa masalalar muhokama etildi.  

Slide 1 of 12