Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enco Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8938)
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Infinity Copper Group” mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8940)
Deputatlar tumaning olis xududdalirdagi aholining kommunal xizmatlardan foydalanish xolatni o‘rgandi

Deputatlar tumaning olis xududdalirdagi aholining kommunal xizmatlardan foydalanish xolatni o‘rgandi

  

️Tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Shokirov hamda hududdan saylangan deputat X.Nishonovlar tumandagi mutasaddi korxona rahbarlari
bilan Dehqonobod mahallasida elektr ta’minoti xolatinio‘rgandi.
 

Tuman Kengashi deputati X.Nishonov tashabbusi bilan tashkil etilgan o‘rganish jarayonida Dehqonobod mahallasidagi ko‘p yillardan beri
muammo bo‘lib kelayotgan elektr simyog‘ochlarni almashtirish, dastur asosida bajarilgan ishlarni yakuniga yetkazish, xududga yangi TP olib kelish ishlarni oxiriga yetkazish bo‘yicha takliflar eshitildi.
 

Elektr kuchlanishini past ekanligidan norozi bo‘lgan fuqarolarga tuman elektr tarmoqlari korxonasi direktori o‘rinbosari N.Yusupov o‘z mutassislari bilan ushbu masalaga yechim topish bo‘yicha deputat oldida vada berdi. 

Ushbu mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘lik masalalarni bartaraf etish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashning 2025-yil 5-noyabrdagi qarori bilan Dexqonobod mahallasiga 164 ta yangi beton ustunlar olib kelib o‘rnatilishi uchun 319 mln mabg‘al ajratilgani deputatlar tomonidan
fuqarolarga tushuntirildi.
 

Tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borib, mahallada mavjud kamchiliklar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturiga takliflar shakllantirdi. Mazkur taklifni Kengash kotibiyatiga topshirib, mas’ullar bilan muhokama qilgan holda natijasi yuzasidan ma‘lumot berishini ta’kidlab o‘tildi.  

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashi