Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enco Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8938)
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Infinity Copper Group” mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8940)
18-Noyabr — O‘zbekiston bayrog‘i: millat g‘ururi hilpiraydigan sana!

Har bir xalqning yuragida unga kuch, birlik va g‘urur bag‘ishlaydigan ramzlar bo‘ladi. O‘zbekistonimizning ham shunday ulug‘ va qadrli timsollaridan biri — Davlat bayrog‘i. Yurtimizda 18-noyabr kuni bu muqaddas ramz qabul qilingan kun sifatida e’zozlanadi. Bayroq — bu shunchaki mato emas; u xalqning tarixi, ruhiyati va mustaqillik ruhi mujassam topgan osmono‘par belgidir.

Tarixning muhim lahzasi

1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini mustahkamlovchi yana bir ulkan qadamni qo‘ydi. Oliy Kengash tomonidan yangi milliy bayroq tasdiqlandi va u mustaqil O‘zbekistonning butun dunyoga yuz tutgan ilk ramzlaridan biriga aylandi. Shu kundan boshlab bayrog‘imiz xalqaro maydonlarda hilpirab, o‘zbek nomining dovrug‘ini taratib kelmoqda.

Bu sana – nafaqat siyosiy qaror qabul qilingan kun, balki ming yillar davomida shakllanib kelgan xalq ruhining ranglar orqali mujassam bo‘lib, butun jahon maydoniga kirib kelgan buyuk daqiqadir. 

18-noyabr O‘zbekistonda nafaqat rasmiy bayram, balki xalqni birlashtiruvchi ma’naviy sana sifatida nishonlanadi. Maktablarda, oliygohlarda, muassasalar va mahallalarda bayroqning qadr-qimmati haqida ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. 

Davlat bayrog‘i — xalqning eng muqaddas timsollaridan biri. 18-noyabr sanasi esa bizni tarixga qaytaradi, mustaqillikning ilk izlarini yodga soladi, bir vaqtning o‘zida kelajak sari ishonch bilan qadam tashlashga undaydi. Bayrog‘imizni asrab-avaylash, uni ulug‘lash — Vatanga bo‘lgan sadoqatning eng yorqin ko‘rinishidir.

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazov