Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sh.Ergashev tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ayniqsa yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyat mudiri O.Anarov hamda viloyat Kengashi deputati R.Pirmatov tomonidan Bekobod tumani markazida joylashgan Zafar shaharchasidagi istirohat bog‘ida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardor Avazov tomonidan Qibray tumanidagi sport majmuasida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida sport majmuasidagi sport zallari, ularning texnik holati, mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning bugungi kundagi ahvoli atroflicha ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan 2026-yilning 1-choragi yakunlariga bag‘ishlab saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputat o‘zining hisobot davridagi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berib, hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Bekobod tumani Kengashida ish yuritish tizimi hamda ijro hujjatlarining amaldagi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Tahlil jarayonida xalq deputatlari Bekobod tumanidan Toshkent viloyat Kengashiga saylangan deputat R.Pirmatov ishtirok etdi.
янв.21
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, elektrotexnika sanoati texnoparkidagi korxonalar faoliyati bilan tanishadi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron tumaniga tashrif buyurib, yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enco Group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8938)
янв.21
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Infinity Copper Group” mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/8940)
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING 16-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibidan Mirobod tuman hokimligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i I.Yunusovning “Mirobod tumanida 2025-yilning 9 oyida aholining ishsiz qatlami bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida” va “Mirobod tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida”gi hisoboti, Mirobod tuman hokimining birinchi o‘rin bosari A.Salaydinovning “2025-yilda Mirobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining 9 oyligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida”, “Mirobod tumanida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi” asosida aholiga ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida 2025-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hishoboti, shuningdek, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining birinchi o‘rinbosari J.Oripovning “Mirobod tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini 2025-yil uchinchi chorak yakuni bo‘yicha ishlatilishi to‘g‘risida”gi, “Mirobod tumanida 2025-yil uchinchi chorak byudjet daromadlari bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida”gi, “Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2025-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi, “Mirobod tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarajatlarga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida”gi va “Mirobod tumani mahalliy byudjetining 2025-yil 9 oylik ijrosi to‘g‘risida”gi masallalari ko‘rib chiqildi

Sessiyada Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Mamanazarov Abduhakim Bozorovich hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Kayumov Xayrulla Zabixullayechlar va boshqa deputatlar so‘zga chiqishdi.   

Slide 1 of 6