Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMAN KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI BESHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMAN KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI BESHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada deputatlar, hokim o‘rinbosarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. To‘rtko‘l tumanini 2024-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari hamda 2025-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida;

2. Tumanda sektorlardagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida ularga biriktirilgan hududlarni 2 ta sektorga taqsimlanishini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ−4102-sonli qarorining ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida To‘rtko‘l tumanidagi 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 1,2,3 va 4 ta sektorlar hududlarida 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash to‘g‘risida;

4. To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan 2024 yil davomida hududda qonunchilikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

5. To‘rtko‘l tumanida 2024-yil davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoiy holatlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.

6. To‘rtko‘l tumani Soliq inspeksiyasining 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining To‘rtko‘l tumanidagi Xalq qabulxonasining 2024-yil davomida tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida;

8. To‘rtko‘l tumani mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va muassasalarining 2024-yil 4-chorak harajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;

9. Tuman mahalliy budjetining 2024-yildagi ijrosi to‘g‘risida;

10. Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining 2024-yil 21-fevral kungi VI-74-36-13-190-K/24-sonli qarorining 2-ilovasi Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

11. Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tuman “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil ijrosi va 2025-yil harajatlarining 5 foizini va yil davomida shakllanadigan qo‘shimcha manbalar mablag‘larini tashabbusli budjet jarayonining 2025-yil 1-bosqichi uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga yo‘naltirish to‘g‘risida;

  Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar to‘liq ko‘rib chiqilib, deputatlar tegishli qaror qabul qildilar.

Shu bilan Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.

Slide 1 of 14