Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada:
янв.21
Deputat va mahalla faollari uchrashuvi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Тўрткўл тумани ҳокимлиги биносида O'zLiDeP депутатлик гуруҳи аьзолари ва жамоат ташкилотлари иштирокида навбатдаги эшитув бўлиб ўтди.
янв.21
To‘rtko‘l tumani MMTBga qarashli 10- sonli umumta’lim maktabida O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati S.Gechgeldiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun va mohiyati maktab yoshlar jamoasi va xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
“Quvonch va mehr ulashaylik” loyihasi doirasida hayriya tadbiri
янв.21
MUROJAATNOMADAGI MUHOKAMALAR
янв.21
To‘rtko‘lda "Mehr ulashaylik" aksiyasi o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralaridagi nutqi mamlakatimiz uchun muhim tarixiy voqea sifatida katta ahamiyatga ega.
MUNOSABAT

🔰 Joriy yilning 16-fеvral kuni Prezidentimizning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan endilikda mahallalarga bo‘lgan eʼtibor yana-da kuchayadi. 

✳️ Birinchidan, mahallalarga moliyaviy mustaqillik berilmoqda. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishning yangi manbalari belgilanmoqda. Jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 15 foizi hamda mahalla hududida sanitariya qoidalariga zidlik yoki noqonuniy qurilish bo‘yicha undiriladigan jarimalarning 10 foizi ushbu jamg‘armaga yo‘naltiriladi. Mazkur tartib yiliga qo‘shimcha 300 milliard so‘m mablag‘ tushishini taʼminlaydi.

✳️ Ikkinchidan, mahalla raislarining mablag‘lar sarfi bo‘yicha har chorakda ommaga ochiq hisobot berishi amaliyoti joriy etilmoqda. Bu jamoatchilik nazoratini mustahkamlashga, mahallada shaffoflikni taʼminlashga va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy mexanizm hisoblanadi.

✳️ Uchinchidan, «Mahalla yettiligi» faoliyatini isloh qilish bo‘yicha jiddiy qadamlar belgilanmoqda. Eksperiment tariqasida 500 ta mahallada «mahalla yettiligi» vakillarini o‘z mahallasidan tayinlash amaliyoti joriy etiladi. Ularga o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni yuklash qatʼiy taqiqlanadi. Bu mahalla qonunchiligida vakillar maqomini himoya qiluvchi muhim kafolat hisoblanadi.

❇️ Dasturning eng muhim yangiliklaridan biri, aholi muammolarini «xonadonbay» o‘rganish tizimini joriy etishdir. «Mahalla yettiligi» vakillari har bir xonadon kesimida muammolarni reja-grafikka asosan o‘rganib, aniqlangan muammolarni «Raqamli mahalla» elektron platformasiga kiritadi. Sunʼiy intellekt texnologiyalari orqali muammolar tegishli vazirlik va idoralarga taqsimlanadi. Ushbu tizim 100 dan ziyod davlat organlarining aholi muammolarini hal etishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokini taʼminlaydi.

❇️ Alohida ahamiyatga molik jihat shuki, «Mahallam – loyiham» dasturi doirasida fuqarolar o‘z mahallasidagi ijtimoiy, iqtisodiy yoki ekologik yo‘nalishdagi masalalarni ovoz berish orqali hal etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu ishtirokchi demokratiyaning eng zamonaviy ko‘rinishidir. «Raqamli mahalla» platformasi orqali fuqarolar nafaqat muammo, balki uning yechimi uchun ham tashabbus qilishi mumkin.

Xanifaxon XAMDAMOVA Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati