Yangiliklar

Deputat hududlarda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Astanaqulova Termiz tumanida bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati R.Shamanov bilan hamkorlikda Termiz tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lishdi. Maktab chegara hududda joylashganligi sababli o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik holati va o‘qituvchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, o‘quvchi yoshlar bilan ham suhbat tashkil etilib, unda Prezidentimiz tomonidan bilim olishga hamda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan e’tibor ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 5