Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Termiz tuman kengashi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“Saylovchilar bilan uchrashuv: qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi”
янв.21
Termiz tumanida kuz–qish mavsumiga puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
янв.21
9-dekabr –Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!
янв.21
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
янв.21
8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan Termiz Davlat Pedagogika Institutida tadbir tashkil etildi.
янв.21
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz.
янв.21
3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni.
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati N. Ruziyeva tomonidan tumaning Orol mahallasida joylashgan 3-son umumta’lim maktabida mahalla xotin-qizlar faoli hamkorligida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida mazmunli ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar, xususan, o‘quvchi qizlar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish, ularga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni yetkazish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Deputat N. Ruziyeva o‘quvchilar bilan uchrashuv davomida oilada, maktabda va ijtimoiy hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlikning turlari, ularning oqibatlari hamda bunday holatlarda murojaat qilinadigan tashkilot va ishonch telefonlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadbir jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiynayotgan savollarni berdi, fikr va takliflarini bildirdi.

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan ham mavzu yuzasidan tushuntirishlar berilib, qizlarning o‘zini himoya qilish madaniyati, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, totuvlik kabi hayotiy qadriyatlar haqida suhbat olib borildi.

Slide 1 of 5