Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarga tashrif: mahalla yettiligi faoliyati va aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar mahallalarda: muammolar joyida o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar mahalla faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etdi
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi va yoshlar kelajagi — davra suhbatida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlar tomonidan infratuzilmani yaxshilash va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Yoshlar orasida giyohvandlik — jamiyat kelajagiga jiddiy tahdid
янв.21
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan o‘rganish
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan sessiya ishida kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalarning rahbar va mas’ul xodimlari, tuman kengashi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi

 1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya
organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida. 

2) Bulung‘ur tumanida 2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik va yer qa’ridan foydalanganlik uchun
bazaviy soliq stavkalarini belgilash to‘g‘risida. 

3) Tumanda 2025-yilda meliorativ obyektlarni ta’mirlash-tiklash yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida. 

4) 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi to‘g‘risida. 

5) Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha tartibini tasdiqlash to‘g‘risida. 

6) Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida davlat organlari va tashkilotlarning mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini belgilash to‘g‘risida. (KQ-54) 

7) Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida ekspert guruhini tashkil etish to‘g‘risida. (KQ-52) 

8) Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, tuman Kengashi deputati tomonidan deputat so‘rovi yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida. (KQ-53)  

9) Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 2023-yil 28-dekabrdagi “Bulung‘ur tumanining 2024-yilgi mahalliy budjetning tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-93-133-7-93-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida. 

10) Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida. 

11) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 11-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi KQ-19-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida. 

12) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyotini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-55-V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish Uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida. 

13) Tuman mahalliy budjetining 2024-yil yakuni ijrosi bo‘yicha tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari T.Uljayvning hisoboti to‘g‘risida 

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi  

Slide 1 of 10