Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarga tashrif: mahalla yettiligi faoliyati va aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar mahallalarda: muammolar joyida o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar mahalla faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etdi
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi va yoshlar kelajagi — davra suhbatida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlar tomonidan infratuzilmani yaxshilash va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Yoshlar orasida giyohvandlik — jamiyat kelajagiga jiddiy tahdid
янв.21
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan o‘rganish
Deputatlar tomonidan infratuzilmani yaxshilash va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari targ‘ib qilinmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari A.Abdullayev va G.Baxramovalar Tuman hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va ko‘chalarni obodonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni aholiga keng targ‘ib qilmoqda. Shu maqsadda mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari va axborot targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, fuqarolarga amalga oshirilayotgan ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, tungi yoritish tizimlarini o‘rnatish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.

Targ‘ibot orqali aholining bu jarayonlarda ishtirokini rag‘batlantirish, ularning taklif va murojaatlarini o‘rganish hamda hududlarni yanada obod va qulay qilishga qo‘shilayotgan hissalarni namoyish etish maqsad qilinadi. Shu tariqa, deputatlar faoliyati nafaqat infratuzilmani yaxshilashga, balki jamoatchilik ishonchi va ekologik madaniyatni oshirishga ham xizmat qilayotgani targ‘ib qilinadi.

Har bir toza, obod ko‘cha – sog‘lom va baxtli jamiyatning poydevori!”

Slide 1 of 6