Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarga tashrif: mahalla yettiligi faoliyati va aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar mahallalarda: muammolar joyida o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar mahalla faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etdi
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi va yoshlar kelajagi — davra suhbatida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlar tomonidan infratuzilmani yaxshilash va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Yoshlar orasida giyohvandlik — jamiyat kelajagiga jiddiy tahdid
янв.21
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan o‘rganish
Deputat tashabbusi bilan muammo hal qilindi

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-Bo`ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich ham o‘zi saylangan mahalla fuqarolar yig‘ini hudud saylovchilari bilan uchrashdi. Unda mahalla aholisi tomonidan tuman markaziga doimiy qatnovchi avtobus qo`yilishi bo‘yicha murojaat etilgan edi.Mazkur mahalla bugungi kunda tumanimizning chekka xududi bo`lib tuman markaziga borish aholi uchun bir muncha noqulayliklar keltirib chiqarayotgandi. Ayniqsa, bolalarning maktabga qatnashida qiyinchilik tug‘dirayotgan edi.Deputat muammoni atroflicha o‘rganib chiqdi. Natijada xalq vakilining tashabbusi bilan mahalla faollari bilan birgalikda mutasaddi tashkilotga murojaat etilib aholini qiynab kelayotgan muammo xalq vakili yordamida ijobiy hal etildi. 

Slide 1 of 3