Murojaatlar_daftari
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida Bunyodkor MFY, Kimyogarlar ko‘chasining 2-burilishida suv quvuri yorilib, ko‘chaga suv oqib chiqayotgani yuzasidan fuqarolarning murojaati qabul qilindi.
Mazkur murojaat murojaatlar daftariga qayd etilib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.