FUQAROLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan o‘zi saylangan M. Eshtemirov MFY hududida mahalla yettiligi bilan birgalikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha murojaat va takliflari tinglandi.
Fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr)da belgilangan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish bo‘yicha huquq va imkoniyatlar tushuntirildi.
Aniqlangan murojaat va muammolar murojaatlar daftariga qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.