Yangiliklar

“Bahor” mahallasida huquqbuzarliklar muhokamasi: jinoyatchilikka qarshi tizimli yondashuv

“Bahor” mahallasida huquqbuzarliklar muhokamasi: jinoyatchilikka qarshi tizimli yondashuv

“Bahor” mahallasida kriminogen vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklarning ildizini bartaraf etishga qaratilgan muhim muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamolov hamda shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Adham Alimov raislik qilib, kun tartibidagi dolzarb masalalarni atroflicha tahlil qildilar. Unda mamlakatimiz rahbari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi xavfsizligini ta’minlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi mahalla kesimida qanday tashkil etilishi lozimligi batafsil tushuntirildi.

Muhokamalar davomida ayniqsa profilaktika ishlarini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolar yig‘inlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mahallada osoyishtalik muhitini mustahkamlash hamda jinoyatchilik ko‘rsatkichlarini keskin kamaytirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga aniq vazifa hamda topshiriqlar berildi. Bu kabi uchrashuvlar hududlarda barqaror va xavfsiz muhitni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6