Yangiliklar

Fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi

Fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 19-Qoraxon saylov okrugi deputati G.Baxramova saylangan Qoraxon MFY hududida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Suhbat davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, hududdagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha fikr-mulohazalar o‘rganildi.

Muloqot davomida “Qoraxon Yangiariq” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Rajabov Umid ham o‘z fikrlarini bildirib, yerga ishlov berish, ekinlarni parvarishlash, suvdan samarali foydalanish va mo‘l hosil yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

“Yerga qancha mehr va e’tibor bilan ishlov berilsa, uning hosili ham shunga yarasha bo‘ladi. Har bir qarich yerdan unumli foydalanish, ekinni o‘z vaqtida parvarishlash va suvni tejab ishlatish — mo‘l hosilning asosiy omillaridan”, — dedi Rajabov Umid.
Shuningdek, fermer xo‘jaligida paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, hosildorlikni oshirish hamda yer unumdorligini saqlash bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur suhbatni tashkil etishda mutaxassis K.Abdullayeva ishtirok etdi.

Slide 1 of 3