Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
“Yangi hayot” mahallasida hududlarni obodlashtirish va infratuzilmani yaxshilash masalalari o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #Yangi_Ozbekiston_qiyofasi #kunlik_ish_reja_ijrosi

“Yangi hayot” mahallasida hududlarni obodlashtirish va infratuzilmani yaxshilash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 20-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Normo‘minov o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Yangi hayot” mahallasida tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev bilan birgalikda har bir ko‘cha va xonadonni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi Chorvador, Gulzor, Navro‘z, Guliston, Do‘stlik, O‘zbekiston, Mustaqillik va Mehnatobod ko‘chalarida hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, yo‘l va infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar” dasturi doirasida mahallada amalga oshirilishi belgilangan ishlarning holati o‘rganildi. Jumladan:

⏺️ 4,5 km asfalt yo‘l yotqizish;
⏺️ 1 dona transformator o‘rnatish;
⏺️ 4 km elektr tarmoqlarini tortish;
⏺️ 2 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish;
⏺️ 1 dona transformator o‘rnatish;
⏺️ aholi tomorqalaridan samarali foydalanish maqsadida 1,2 km masofaga quvur orqali suv tortish;
⏺️ 1 dona suv nasosi o‘rnatish kabi ishlarning bajarilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida Ko‘chkumar, Turkon, Safikarda va Jo‘yidoq qishloqlaridagi 170 ta xonadonda dehqonchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va suv ta’minotini yaxshilash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Dastur doirasida ayrim hududlarda qurilish ishlari davom etayotgani, jumladan, yer ishlari olib borilayotgani, 200 metr trotuar hamda 20 dona ustun keltirilgani qayd etildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mahalla hududini obodonlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 9