Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi masalalar muhokama qilindi

#Kengash_raisi_faoliyati #Ekspert_guruhi_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonun
#deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati

Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikdagi masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Y.Umbarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev “Qiziriqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida bo‘lib, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida hamkorlikdagi masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tabiiy gaz sarfini me’yorlashtirish, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, mavjud gaz tarmoqlari va uskunalarining texnik holati hamda energiya samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarning fikrlari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2