Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
📚 Deputat nazorati: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Yangi o‘quv yilini ta’lim muassasalarida munosib kutib olish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar deputatlar e’tiborida.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda 18-Bo‘ston saylov okrugi deputati Qalandarov Azamat Shermetovich hamkorligida saylov okrugi hududidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab binosi va hududining obodonlashtirilishi, sinfxonalarning o‘quv jarayoniga tayyorligi, sanitariya-gigiyena holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish va yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Deputat nazorati — sifatli ta’lim va munosib sharoitlar sari muhim qadam!

Slide 1 of 4