Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Orol MFYda jinoyatchilikning oldini olish ishlari tahlil qilindi
янв.21
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Yangihayotda yo‘l ta’mirlash ishlari nazoratda
янв.21
“Termiztumangaz” bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi
янв.21
Bino zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlanib, xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
янв.21
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
янв.21
Fuqarolarning muammo va takliflari o‘rganildi
Deputat nazorati: murojaat amaliy yechim topdi

Aholining murojaatlarini tinglash, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda 18-Bo‘ston saylov okrugi deputati Qalandarov Azamat Shermetovich hamkorligida Bo‘ston mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning murojaati o‘rganildi.
Fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli uylar podyezdlaridan oqava suvlar oqib, to‘planib qolayotgani yuzasidan murojaat qilingan edi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi kiritildi va murojaat natijasida muammo bartaraf etildi.
Deputat murojaatning ijrosini shaxsan joyiga chiqib ko‘zdan kechirib, bajarilgan ishlar holatini o‘rgandi hamda masalani qayta nazoratga oldi.
Fuqarolarning murojaati — e’tiborsiz qolmaydi. Har bir murojaat o‘rganiladi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim izlanadi va ijrosi nazoratga olinadi.
Xalq vakili — xalq bilan birga, xalqning muammosi yechim topguncha nazoratda!

Slide 1 of 4