alq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda tuman Kengashi deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi masalasi yuzasidan hududlarda o‘rganishlar olib borilmoqda.
Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Turayev tomonidan M.Ulug‘bek mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, obodonlashtirish va infratuzilma masalalari yuzasidan “mahalla yettiligi” vakillari bilan fikr almashildi.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni manzilli o‘rganish, ularning yechimini ta’minlash hamda mahallani rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.