🌍 Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash — barchamizning mas'uliyatimiz!
📖 Oʻzbekiston Respublikasining “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuni 2025-yil 18-martda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2025-yil 29-aprelda Senat tomonidan maʼqullangan.
Mazkur Qonun issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish hamda mamlakatning ekologik barqaror rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi.
✅ Qonunning asosiy maqsadlari:
🌱 issiqxona gazlari emissiyasini bosqichma-bosqich kamaytirish;
♻️ energiya va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish;
🏭 sanoat, energetika, transport va boshqa tarmoqlarda zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash;
🌍 iqlim o‘zgarishining salbiy taʼsirini kamaytirish va ekologik xavfsizlikni mustahkamlash;
🤝 xalqaro ekologik majburiyatlarni bajarishga ko‘maklashish.
Har bir fuqaro va xo‘jalik yurituvchi subyekt atrof-muhitni muhofaza qilish, energiyani tejash, chiqindilarni kamaytirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
🌿 Toza atrof-muhit va barqaror rivojlanish — kelajak avlodlar oldidagi eng muhim mas'uliyatimizdir. Tabiatni asrash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik qonunchilik talablariga rioya qilish orqali yashil kelajakni birgalikda barpo etaylik.