35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Azzamqulova tomonidan hududdagi yoshlar yetakchisi faoliyati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak va qo‘llab-quvvatlash choralari, shuningdek, yoshlarning mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati bilan tanishildi.

Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar o‘rganishi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.