Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 6-At-Termiziy saylov okrugi deputati B. Umarov hamda tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov bilan birgalikda Yangiyer MFY hududida piyoda yurib, fuqarolar bilan uchrashdi va ularning murojaatlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi elektr transformatorlaridan birining himoya to‘sig‘i ochiq holatda ekani aniqlandi. Fuqarolar ushbu holat, ayniqsa, yosh bolalar hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladilar.
Mazkur murojaat deputatlik nazoratiga olinib, transformatorni zudlik bilan xavfsiz holatga keltirish hamda himoya to‘siqlarini tiklash bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat kiritilishi belgilandi.