35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev va G‘.Axmedov tomonidan Yangi hayot mahallasida faol nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, xususan ayrim ko‘chalarda tungi yoritish chiroqlari yo‘qligi, mahallada oqar suv muammosi va boshqa aholini qiynayotgan masalalar hamda hududni yanada obod qilish bo‘yicha nuroniylarning fikr va takliflari tinglandi.

Bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 3