Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhi navbatdagi yig‘ilishi: Yangi g‘oya va tashabbuslar muhokamasi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni – aholi farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligi kafolati
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi:
янв.21
Termiz tuman soliq inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish holati o‘rganildi:
янв.21
Soliq tushumlari va byudjet ijrosi yuzasidan hisobot o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
O‘rmonlar — tabiatning bebaho ne’mati va kelajak avlodlar uchun muhim meros
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi:
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi:
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish — barchamizning vazifamiz!

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish — barchamizning vazifamiz!

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bolalarning jismoniy, ruhiy va ma’naviy kamolotini asrashga xizmat qiladi.

Mazkur qonunga ko‘ra, bolalarni zo‘ravonlik, shafqatsizlik, giyohvandlik, qimor o‘yinlari, o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib etuvchi, pornografik hamda axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi axborotlardan himoya qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🔹 Axborot mahsulotlari yosh toifalariga qarab 0+, 7+, 12+, 16+ va 18+ toifalarga ajratiladi.
🔹 Ta’lim muassasalari, ota-onalar, mahalla va jamoatchilik bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashda faol ishtirok etadi.
🔹nternet va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda bolalarning manfaatlari ustuvor hisoblanadi.

Farzandlarimizni zararli axborotlardan asrash, ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishi uchun barchamiz mas’ulmiz.