XUSUSIY MULK — QONUN HIMOYASIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq:
🫥 Xususiy mulk daxlsizdir va davlat himoyasidadir
🫥 Mulkdor oʻz mol-mulkiga erkin egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi
🫥 Hech kim qonunda belgilangan tartibdan tashqari mulkidan mahrum etilishi mumkin emas
🫥 Mulkdorning buzilgan huquqlari sud orqali tiklanadi
🫥 Xususiy mulkka noqonuniy aralashuv va tajovuz qilish taqiqlanadi
🫥 Yer uchastkasi yoki koʻchmas mulk davlat ehtiyoji uchun olib qoʻyilganda zararning oʻrni toʻliq qoplanishi shart
Shuningdek, qonunga koʻra:
🔹 Mulkdor davlat organlari qarorlari ustidan sudga murojaat qilish ҳуқуқiga ega
🔹 Xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi
🔹 Davlat barcha mulkdorlar uchun teng huquq va kafolatlarni taʼminlaydi
🫥 Xususiy mulk huquqlarini himoya qilish — qonun ustuvorligi va iqtisodiy barqarorlikning muhim kafolatidir.