Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” gi Qonuni
Mazkur qonun oilaviy tadbirkorlik faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solib, oila a’zolarining birgalikda biznes yuritishiga keng imkoniyat yaratadi.
🫥 Oilaviy tadbirkorlik — oila a’zolari tomonidan tavakkal asosida, daromad olish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyatdir.
🫥 Faoliyat yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holda olib borilishi mumkin.
🫥 Oilaviy korxona — kichik tadbirkorlik subyekti bo‘lib, ishtirokchilarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
🫥 Korxona ishtirokchilari: er-xotin, farzandlar, ota-ona va boshqa yaqin qarindoshlar bo‘lishi mumkin.
🫥 Davlat oilaviy korxonalarni qo‘llab-quvvatlaydi va ularning huquqlarini himoya qiladi.
🫥 Qonun oilaviy biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.