Hudud muammolari joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov Namuna mahallasiga “yettilik” a’zolari bilan birgalikda tashrif buyurib, hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahalla infratuzilmasi, aholi turmush sharoiti hamda dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolartomonidan mahalla yettiligiga bildirilgan murojaat va takliflari joyiga chiqqan holda organildi
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Bu kabi joyiga chiqib o‘rganishlar hududlarni rivojlantirish va aholining muammolarini tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.