“18-Mehnatobod” saylov okrugida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Mahmudov hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi G‘.Yuldashev tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Mehnatobod mahalla fuqarolar yig‘inida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, hududda imtiyozli kreditlar asosida zovurlar qirg‘og‘ida maxsus kataklar barpo etilib, yoshlar tomonidan o‘rdak va g‘oz parrandalari parvarishlanayotgani alohida e’tirof etildi. Ushbu tashabbus yoshlarning daromad manbaini shakllantirish, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.