Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 17-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Nazarova Salomat Xolliyevna ham ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 17-sessiyasida Termiz tuman hokimi Kalandarov Shuxrat Iskandarovichning ishtiroki alohida ahamiyat kasb etmoqda.
янв.21
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala : Termiz tumani IIB boshlig‘i – Choriyev Sodiq Baxromovichning hisoboti eshitilmoqda.
янв.21
2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurorining axboroti to‘g‘risida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Rustam Shamanovning doimiy komissiyasi muhokama etilganligi yuzasidan muzokara so'zi eshitilmoqda.
янв.21
PQ-386-son qarorning tumandagi ijrosi to‘g‘risida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi Komila Abdullayevaning doimiy komissiyada muhokama etilganligi yuzasidan muzokara so'zi eshitilmoqda.
янв.21
Bugun soat 16:00 dan boshlab Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining o'n yettinchi sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.
янв.21
Deputat 1-chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilarga hisobot taqdim etdi:
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MEHNATOBODDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI.

Mehnatobod mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Mahmudov hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi G‘.Yuldashevlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni ijrosi, shuningdek, hududda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib, atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla hududida tashkil etilgan tikuvchilik sexi faoliyati hamda inkubatorda jo‘ja yetishtirish kabi oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishlari o'rganilib, ularning amaliy natijalari va istiqbollari baholandi.

Uchrashuv davomida aholini doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, fuqarolarni daromad keltiruvchi faoliyatga keng jalb etish, xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, shuningdek, kambag‘al oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 6