Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI
янв.21
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” gi Qonun haqida
янв.21
Deputat nazorati: Yoshlar ishlari agentligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘rganishi: Tibbiyot muassasasidagi dori ta’minoti nazoratga olindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Termiz tuman Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilarining hisobotlari tinglandi.
янв.21
IIB boshlig‘i S.Choriyev 2026-yilning o‘tgan davri yuzasidan ma’lumot berdi
янв.21
Termiz tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” gi Qonuni
янв.21
Termiz tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati M.Ismoilxo‘jayeva hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar ishtirokida tumanning “Obod” MFY yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida 2026-yil dasturiga kiritilgan mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tahliliy fikrlar bildirildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, hududni obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, uchrashuvda aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar eshitilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Mutasaddi rahbarlarga belgilangan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy axborot berib borish lozimligi ta’kidlandi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 4