Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan muhim qarorlar ijrosi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-son qarori — “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosi muhokama qilindi. Hisobotda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va infratuzilma ishlari, ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish, ichimlik suvi, yo‘l va muhandislik tarmoqlarini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Deputatlar tomonidan loyihalarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-48-son qarori — “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Hisobotda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini tartibga solish, boshqaruv tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda uy-joy fondini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi hisobotlarui tinglandi