Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarga tashrif: mahalla yettiligi faoliyati va aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Deputatlar mahallalarda: muammolar joyida o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Deputatlar mahalla faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etdi
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi va yoshlar kelajagi — davra suhbatida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlar tomonidan infratuzilmani yaxshilash va ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari targ‘ib qilinmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Yoshlar orasida giyohvandlik — jamiyat kelajagiga jiddiy tahdid
янв.21
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan o‘rganish
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yo‘l xaritasi

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yo‘l xaritasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqqa yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi mamlakat hayotida muhim siyosiy voqea sifatida tarixga kirdi.


Ushbu Murojaatnoma Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, kelgusi taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Prezident o‘z nutqida o‘tgan yillarda amalga oshirilgan ishlarga xolis baho berib, oldinda turgan ustuvor vazifalarni aniq belgilab berdi. Asosiy e’tibor iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy adolat, davlat boshqaruvini takomillashtirish va inson qadrini ulug‘lash masalalariga qaratildi.

Murojaatnomada davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish masalasiga alohida urg‘u berildi. Davlat organlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va javobgarlik ustuvor bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Murojaatnomada davlat boshqaruvini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi, har bir amaldor o‘z faoliyati uchun javobgar bo‘lishi kerakligi qat’iy ta’kidlandi.

Ayniqsa, byurokratiyani qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor javob berish, sud-huquq tizimida adolatni ta’minlash kabi vazifalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilandi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda sohalarni raqamlashtirish orqali inson omilining qisqarishi, shaffoflikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, adliya tizimi to‘liq raqamlashtirilib, xizmat ko‘rsatish bir qator byurokratik bosqichlardan xalos bo‘ldi. Bu jarayonning boshqa sohalarga ham tatbiq etilishi aholining ko‘plab muammolariga yechim bo‘ladi, qolaversa, korrupsiyaning oldi olinadi.

Korrupsiyaga qarshi kurash masalasi ham Murojaatnomaning markaziy nuqtalaridan biri bo‘ldi. Prezident bu illatni mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq sifatida baholab, unga qarshi murosasiz kurash davom ettirilishini qat’iy ta’kidladi.

Prezident Murojaatnomasining eng muhim jihati inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish g‘oyasidir. Ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya, yoshlar va xotin-qizlar masalasi davlat siyosatining markazida ekani alohida qayd etildi.

Maktab va oliy ta’lim sifatini oshirish, tibbiy xizmatni takomillashtirish, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Mahalla institutining roli yanada kuchaytirilishi esa jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Prezident Murojaatnomasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining aniq yo‘l xaritasidir. Unda belgilab berilgan vazifalar xalq farovonligini oshirish, adolatli jamiyat barpo etish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan.

Bu murojaatnoma har bir fuqaroni befarq bo‘lmaslikka, Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyi bo‘lishga undaydi. Shubhasiz, belgilangan maqsadlar amalga oshsa, O‘zbekiston yanada kuchli, barqaror va farovon davlatga aylanadi.

I.Bobokulova

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

⚡️

 @sam_vil_deputatlari