Yangiliklar

deputat_vazifalaridan

Deputat o'z maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda foydalanishi mumkin emas.

Deputatning o'z maqomidan, shu jumladan, nazorat vakolatlaridan:

❗️o'zi, yaqin qarindoshlari va o'ziga yaqin boshqa shaxslar uchun manfaat, xizmatlar, tijoratga oid yoki boshqa naf olishga;

❗️o'z shaxsiy va yaqinlarining manfaati yo'lida foydalanishga va bu vakolat orqali davlat organlari mutasaddilariga tazyiq o'tkazishga;

❗️sud hokimiyati organlari faoliyatiga aralashishga, shaxsiy masalalar bo'yicha davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga ta'sir o'tkazishga;

❗️ijroiya hokimiyati organlarining kadrlar siyosatiga aralashishga, muayyan shaxslarni ishga qabul qilish, lavozimini ko'tarish yoki moddiy yoxud ma'naviy rag'batlantirishga undashga;

❗️davlat organlarining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilishga, ularni o'z faoliyatini qonunchilikka zid ravishda amalga oshirishga undashga;

❗️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklarni olish yoxud boshqa qonunchilikka zid maqsadlarda foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.