Deputat o‘zi saylangan Sabzipoya mahallalari aholisining murojaatlari tinglandi.
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi 11-Sabzipoya saylov okrugidan saylangan deputat S.Ikromov rahbarligida navbatdagi uchrashuvda.
Deputat o‘z saylovchilariga hisobot berdi, Muhtaram Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan 2025-yil 15-may kuni “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektordagi nutqlarini tushuntirish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib borildi.
Tadbir so‘ngida fuqarolar tomonidan elektr energiya, gaz, ichimlik suvi ta’minoti, moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash, davolanish,yo‘l tamirlash kabi qator masalalar masalalar yuzasidan deputatga murojaatlar kelib tushdi.
Uchrashuvda kelib tushgan murojaatlar og‘zaki va yozma ravishda olinib, ularga huquqiy maslahat berildi hamda murojaatlar yuzasidan joylarga borib o‘rganildi.
Yozma murojaatlar deputatlik so‘rovlari orqali tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta‘kidlandi.