Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv: obodonlashtirish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Turon” mahallasida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy ahvoli joyida o‘rganildi
янв.21
“Manguzar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida tadbirkorlik orqali oilaning daromad manbai yaratildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida deputatlik nazorati: yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Bog‘ishamol” mahallasida fuqaro murojaati tinglanib, masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #aholi_murojaati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining kunlik ish rejasiga muvofiq, 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputat Xurram Ziyatovich Xo‘jaqulov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanovlar tomonidan “Olmazor” mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlari va hudud infratuzilmasi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida maxsus savolnoma hamda Oliy Majlis Senatining 24 ta muhim tavsiyasi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Muloqot va ko‘zdan kechirish jarayonida mahalla ko‘chalaridagi mavjud elektr simyog‘ochlarining ma’nan eskirganligi va infratuzilma bilan bog‘liq boshqa masalalar bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, xususan, eskirgan ustunlarni yangilash hamda hudud sharoitini yaxshilash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4