#Buni_bilasizmi
#162_ta_Qonun
📌 DEPUTAT VAKOLATLARINING MUDDATIDAN ILGARI TUGATILISHI
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son Qonunining 3-moddasiga muvofiq, deputatning vakolatlari qonun bilan kafolatlanadi va ayrim hollarda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
📌 Deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin:
✅ o‘z xohishiga ko‘ra vakolatlarini topshirish haqida yozma ariza berganda;
✅ deputatlik bilan nomuvofiq lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;
✅ Kengash va doimiy komissiya majlislarida bir kalendar yil davomida 30 va undan ortiq ish kuni uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda;
✅ chet davlatda doimiy yashash huquqini olganda;
✅ sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
✅ chaqirib olinganda;
✅ sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
✅ bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilinganda;
✅ O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
✅ vafot etganda.
❗️Shuningdek, deputat degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor sodir etilgan alohida hollarda ham deputatning vakolatlari tegishli Xalq deputatlari Kengashi qarori bilan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
🏛 Muhim: deputatning vakolatlarini boshqa shaxsga topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube