Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv: obodonlashtirish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Turon” mahallasida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy ahvoli joyida o‘rganildi
янв.21
“Manguzar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida tadbirkorlik orqali oilaning daromad manbai yaratildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida deputatlik nazorati: yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Bog‘ishamol” mahallasida fuqaro murojaati tinglanib, masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi
“XALQABOG‘” MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati E.Omonov tomonidan “Xalqabog‘” mahallasida ijtimoiy xodim bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📝Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

✅Suhbat davomida ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini inobatga olgan holda manzilli yondashuvni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

📌Uchrashuv yakunida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan tizimli ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.