Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv: obodonlashtirish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Turon” mahallasida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy ahvoli joyida o‘rganildi
янв.21
“Manguzar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida tadbirkorlik orqali oilaning daromad manbai yaratildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida deputatlik nazorati: yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Bog‘ishamol” mahallasida fuqaro murojaati tinglanib, masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi
#24_ta_tavsiya #deputat nazorati

Olmaliq shahrining "Chambil" mahalla hududida joylashgan 24-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ta'lim sifatini oshirish va o'quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar qat'iy nazoratga olingan.
Shu maqsadda xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev mazkur ta'lim muassasasida bo'lib, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda sport zallaridagi mavjud sharoitlarni yaqindan o'rgandi.

🔍 O'rganish davomida quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi:
♻️Sovuq kunlarda dars jarayonlari uzluksiz va issiq sinfxonalarda o'tishini ta'minlash maqsadida qozonxonalar, isitish batareyalari hamda binoning issiqlik saqlash holati to'liq ko'zdan kechirildi.
♻️O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish uchun sport zallarining bugungi holati o'rganildi.
♻️Sport turlarining xilma-xilligini ta'minlash va yoshlarning sportga bo'lgan qiziqishini qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan inventarlar, to'plar va sport jihozlarining yetarlilik darajasi tahlil qilindi.

O'rganish yakunlari bo'yicha aniqlangan ba'zi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavsumga tayyorgarlik ishlarini o'z vaqtida va sifatli yakunlash bo'yicha vazifalar belgilab olindi.
Ta'lim maskanlarida yaratilayotgan bunday qulayliklar kelgusida yosh avlodning har tomonlama sog'lom va bilimli bo'lib ulg'ayishiga xizmat qiladi.
💡 Muhim eslatma: Farzandlarimizning xavfsiz va zamonaviy sharoitlarda ta'lim olishi doimo jamoatchilik va deputatlar e'tiboridadir.

Slide 1 of 5