Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv: obodonlashtirish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Turon” mahallasida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy ahvoli joyida o‘rganildi
янв.21
“Manguzar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida tadbirkorlik orqali oilaning daromad manbai yaratildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Surxon sohili” mahallasida deputatlik nazorati: yong‘indan zarar ko‘rgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Jo‘yjangal” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
“Bog‘ishamol” mahallasida fuqaro murojaati tinglanib, masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi
#24_ta_tavsiya #deputatlik faoliyati #reja ijrosi

Yoshlar bilan ishlash tizimining samadorligini oshirish va ularning muammolariga manzilli yechim topish — bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir.
Shu munosabat bilan, Olmaliq shahar "Yangi hayot" mahallasida yoshlar yetakchisining amaliy faoliyati hamda amalga oshirgan ishlari atroficha o‘rganildi.
O‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni talablari asosida, doimiy nazorat va tahlil mezonlariga muvofiq tashkil etildi.

O'rganishda:
Adham Xasanov — Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati (Kotibiyatdan biriktirilgan vakili Mukarram Nematullayeva);
Muhiddin Abdullayev — shahar Kengashi deputati tomonidan mahalla yetakchisining har bir yo‘nalish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati, yoshlar balansi bilan ishlashi va ularga yaratilgan sharoitlar birma-bir ko‘zdan kechirildi.

Tahlil jarayonida yetakchi tomonidan erishilgan natijalar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchilik va e’tibordan chetda qolgan masalalar ham aniqlandi. Barcha aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilishi uchun deputatning "ko‘chama-ko‘cha aylanish jurnali"ga kiritildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
"Yoshlar — jamiyatimiz kelajagi. Har bir mahalladagi yetakchi faoliyati rasmiyatchilikdan xoli bo‘lib, amalda har bir yoshning hayotida ijobiy o‘zgarish yasashi shart."

O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisiga kelgusi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yoshlar muammolarini barvaqt aniqlash hamda ular bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar va aniq ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4