Jamiyat va fuqarolarga korrupsiya jinoyatining salbiy ta’siri"
Davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda korrupsiyani jilovlash borasidagi ishlar tahlil etilib, kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Termiz shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a’zosi deputat A.Karimov tomonidan Termiz iqitisodiyot va servis universitetida “Jamiyat va fuqarolarga korrupsiya jinoyatining salbiy ta’siri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida maʼruzachi tomonidan Korrupsiya tushunchasi, uning shakllari va sabablari, korrupsiyaning ijtimoiy huquqiy hodisa sifatidagi mazmuni, jamiyatda korrupsiyaga munosabat tushunchalari to‘g‘risida kerakli maʼlumotlar keltirib o‘tildi.